O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Eron prezidenti Hasan Ruhoniyga mazkur mamlakatning bir qator hududlarida yuz bergan kuchli suv toshqinlari oqibatida ko‘plab insonlarning halok bo‘lgani va bedarak yo‘qolgani munosabati bilan hamdardlik maktubi yo‘lladi.
“Davlatimiz rahbari Eron Prezidenti va xalqiga, qurbon bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik tuyg‘ularini izhor etdi”, — deyiladi O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi axborotida.
Avvalroq Korrespondent.uz Eronning shimoli-g‘arbida kuchli yog‘ingarchilikdan kelib chiqqan sel oqibatida 36 kishi jon bergani haqida xabar qilgan edi.