Shavkat Mirziyoyev Afg‘oniston Prezidentiga hamdardlik maktubi yo’lladi

Shavkat Mirziyoyev Afg‘onistondagi Xelmand viloyatining Lashkargax shahridagi portlash tufayli ko‘plab insonlarning nobud bo‘lgani tufayli Afg‘oniston prezidentiga hamdarlik maktubi yo’lladi.

Foto: The Indian Express

Prezident hamdardlik maktubida O‘zbekiston ushbu qabih terrorchilik xurujlarini keskin qoralashini hamda bu tahdidga qarshi xalqaro miqyosda hamkorlik qilish zarurligigini ta’kidladi.

«Ushbu musibatli damlarda, Siz Janobi Oliylariga va Siz orqali butun afg‘on xalqiga chuqur ta’ziya izhor etamiz. Qurbon bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik tuyg‘ularimizni yetkazib qo‘yishingizni so‘raymiz. Jarohat olganlarni esa tez fursatlarda sog‘ayib ketishini tilaymiz», -deyiladi maktubda.

Fikr bildirish

Latest from Blog