Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev “2017-2021-yillarda gidroenergetikani rivojlantirish toʻgʻrisida”gi qarorni imzoladi.
“Oʻzbekistonda 2017-2021-yillarda, 42ta yangi gidro elektro stantsiyalar qurilishi va 32 ta amal qilayotgan GESlarni zamonaviylashtirish rejalashtirilgan”, — deyilgan prezident qarorida.
Respublikada gidroenergetika rivojlanishining quyidagi ustuvor yoʻnalishlari belgilangan:
- qayta tiklanadigan energiya manbaalari hisobidan, yangi generatsiya quvvatlari yaratish va mavjud quvvatlarni yangilash;
- har taraflama asoslangan ilmiy-texnik yechimlar asosida katta, oʻrta, kichik va mikro GESlar qurish bilan Respublika gidroenergetika quvvatini oshirish;
- Respublika suv manbaalariga har tomonlama ehtiyotkorona munosabatda boʻlish;
- boshqa davlatlar bilan chegara hududlarida joylashagan suv manbaalariga oid xalqaro shartnomalar asosida qabul qilingan majburiyatlarni toʻliq bajarish;
Prezident qarori, Respublika energetika balansida qayta tiklanadigan energiya manbaalari miqdorini bosqichma-bosqich oshirib borish va shuning asosida ekologik toza generatsiya manbaalari yaratish, mavjud boʻlgan gidroelektro stantsiyalarni texnik va texnologik qayta jihozlash, xalqaro tajribani hisobga olib suv manbaalarida samarali foydalanish, energetika manbaalarini oʻzaro mvofiqligini oshirish va shuning hisobidan aholi va korxonalarning elektr energiyasiga boʻlgan talabini toʻliq qondirish maqsadida qabul qilingan.