Shavkat Mirziyoyev 28-dekabr kuni parlamentga murojaat qiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev ertaga, 2018-yil 28-dekabr kuni Oliy Majlisga murojaat qiladi. Bu haqda Xalqaro Press klub maʼlum qildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Murojaat 2018-yilda amalga oshirilgan asosiy ishlar va mamlakatni 2019-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlanishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, davlat rahbari 2017-yilning 22-dekabrida ilk bor parlamentga murojaat qilgan, yig‘ilish jonli efirda namoyish etilgandi.

Fikr bildirish

Latest from Blog