Rossiya Federatsiyasi TIV Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti (MGIMO) Baku va Toshkent shahrida filiallarini ochish boʻyicha ish olib bormoqda.
Bu haqda MGIMO kuzatuv va vasiylik kengashining qoʻshma yigʻilishida, 20-dekabr kuni Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov maʼlum qildi, deb xabar qilgan tashqi siyosat mahkamasi matbuot-xizmati.
«MGIMO xorijdagi pozitsiyalarini mustahkamlamoqda. Ozarbayjon va Oʻzbekiston rahbariyati iltimosiga binoan universitet ushbu mamlakatlarda oʻz filiallarini tashkil qilish boʻyicha tayyorgarlik ishlarini oʻtkazdi. Bugun bizning oldimizda Baku va Toshkentda filiallarni ochish uchun MGIMO nizomiga tegishli oʻzgartishlarni kiritish vazifasi turibdi», – deb aytgan Lavrov.
Vazirning soʻzlariga koʻra, ushbu qadam MDH hududida Rossiya gumanitar aloqalarini kengaytirishga xizmat qiladi.