Dunyoning eng yirik tibbiyot va sayyohlik «International SOS» kompaniyasi, sayyohlar uchun eng xavfli deb e’tirof etilgan mamlakatlarning ro‘yxatini tuzdi va ro‘yxatni o‘zining «Travel Risk Map 2019″ xaritasiga joylashtirdi.
Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, Afg‘oniston, Suriya, Iroq, Liviya, Nigeriya, Markaziy Afrika Respublikasi, Venesuela, Shimoliy Koreya, Somali, Eritreya, Yaman, Gaiti va Burkina-Faso davlatlari tashrif buyurish uchun eng xavfli hisoblanadi. Ushbu davlatlar xaritada yorqin qizil rang bilan belgilangan.
Sayohat uchun eng xavfsiz davlatlar ro‘yhatiga Yevropa hamda shimoliy mamlakatlar, masalan, Islandiya, Norvegiya, Shvetsiya va Finlyandiya kabi davlatlar kirgan. Ular xaritada yashil rang bilan bo‘yalgan.
O‘zbekiston sayyohlar uchun «eng xavfli davlatlar» ro‘yxatiga kiritilmagan. Rossiya, Qozog‘iston, Hindiston, Eron, Xitoy va boshqa bir nechta davlatlar xavfsizligi o‘zgaruvchan davlatlar qatoriga kirgan.