Saudiya Arabistoni Germaniyadagi elchisini «maslahatlashish» uchun chaqirib oldi. Bu haqda SPA agentligiga tayanib «Gazeta.ru» xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko’ra, Saudiya Arabistonining bu qadami Germaniya tashqi ishlar vaziri Sigmar Gabrielning bayonoti bilan bog’liq.
Ar-Riyod Gabrielning so’zlarini butun FRGning hukumati pozitsiyasi deb hisoblamaydi. Shunga qaramay Saudiya Arabistondagi Germaniya elchisiga norozilik notasi beriladi.