Samarqanddagi oliy o‘quv yurti professori 5500 dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Foto: FBI.gov

O‘zbekiston maxsus xizmati xodimlari Samarqand qishloq xo‘jaligi instituti «Kasb ta’limi va o‘qitish metodikasi» kafedrasi mudiri Sayidahmedov Nuralini poraxo‘rlik bilan qo‘lga olishdi. Bu haqda Sof.uz xabar bermoqda.

MXX xodimining so‘zlariga ko‘ra, tezkor xodimlar professor N.Sayidahmedov doktorlik dissserttsiyalarni tayyorlash va himoya qilish bilan shug‘ullangan yoshlarga ko‘plab sun’iy to‘siqlarni yaratib kelgan.

«Masalan, Samarqand qishloq xo‘jaligi institutining bir o‘qituvchisidan o‘zi yaratgan muammoni hal qilish uchun tamagirlik yo‘li bilan 5500 dollar pul talab qilgan. Natijada, N.Sayidaxmedov o‘z xizmat xonasida 5500 dollar pulni olish jarayonida qo‘lga olindi,»— deb ta’kidladi MXX xodimi.

Prokuratura organlari tomonidan qo‘lga olingan shaxs ustidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov ishlari olib borilmoqda.

Fikr bildirish

Latest from Blog