Samarqanddagi maxsus maktab sobiq xodimi hibsga olindi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 110-moddasi (qiynash) 2-qismi «a» bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblanayotgan, 64-sonli alohida sharoitlarda ta’minlash, tarbiyalash va ta’lim berishga muhtoj bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internati tungi tarbiyachi yordamchisi lavozimida ishlagan Sherzod Ochilovga nisbatan Samarqand shahar prokuraturasining «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi iltimosnomasi ko‘rib chiqildi va qanotlantirildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi matbuot xizmati xabar berdi.

korrespondent uz 1557
Foto: Google Images

Sherzod Ochilov 1994-yilda Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumanida tug‘ilgan, millati o‘zbek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, ma’lumoti — oliy, uylanmagan, muqaddam sudlanmagan, Samarqand viloyati Xalq ta’limi boshqarmasiga qarashli 64-sonli maktab-internatida tungi tarbiyachi yordamchisi lavozimida ishlab kelgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudining 2018-yil 1-avgustdagi ajrimiga mufoviq, ayblanuvchi Ochilovga nisbatan «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Fikr bildirish

Latest from Blog