Samarqandda yonayotgan uyda qamalib qolgan bolalar qutqarib olindi

Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi navbatchi qismiga Samarqand shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro tomonidan qo‘shnisining uyidan tutun hidi chiqayotgani, xonadon ichida 3 nafar voyaga yetmagan bolalarning hayoti xavf ostida qolganligi to‘g‘risidagi murojaat kelib tushdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: “Fvv.uz”

Qabul qilingan xabar yuzasidan Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining qutqaruvchilari voqea joyiga zudlik bilan yetib keldi.

Olib borilgan tezkor harakatlar natijasida 3 nafar bolalar qutqarildi. Bu orqali yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan baxtsiz hodisaning oldi olindi va yong‘in qutqaruvchilar tomonidan bartaraf etildi.

Latest from Blog