Bugun Samarqand shahrida «Samarqand she’r oqshomlari» turkiyzabon yoshlar anjumaniga start berildi. Anjumanda Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Turkmaniston hamda Qirg‘izistondan taklif etilgan yosh ijodkorlar bilan birga o‘zbekistonlik 25 nafar yosh shoir ham qatnashadi.

Tadbirdan maqsad turkiy xalqlar o‘rtasidagi adabiy aloqalarni mustahkamlashdir.
E’tiborlisi anjumanda anchadan buyon rasmiy tadbirlarda ko‘rinmayotgan xalq shoiri Xurshid Davron ham ishtirok etmoqda. Unga yana bir xalq shoiri Usmon Azim hamrohlik qilayapti. Ular yosh shoirlarga 3 kun davomida ustozlik qilishadi.