Samarqandda «chiroyli» avtomobil raqamlarini o‘g‘irlab ketib pul talab qilishmoqda

Samarqandda avtomobillarning davlat raqamlarini o‘g‘irlab, ularni qaytarish uchun pul talab qiladigan shaxslar paydo bo‘ldi. Bu haqda UzNews.uz xabar qilmoqda.

Foto: UzNews.uz

Xabarda aytilishicha, sayt tahririyatiga Samarqandda yashovchi jabrlanuvchilardan biri murojaat qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, 12-fevral kuni u uyi yaqiniga qo‘yilgan «Lacetti» rusumli avtomobilining raqamlari yo‘qligini hamda transportining yon qismida tirnalgan izlarni ko‘rgan.

Bundan tashqari, mashina old oynasiga uning egasi Qiwi-hamyonga 5 dollar pul o‘tkazishi kerakligi yozilgan maktub yopishtirib ketilgan. Maktubda pul o‘tkazilishi bilan bir sutka ichida mashina davlat raqamini qayerdan topish mumkinligini xabar qilishlari aytilgan.

Foto: UzNews.uz

Samarqand huquqni muhofaza qilish organlaridagi manbaning UzNews.uzga ma’lum qilishicha, keyingi vaqtda shaharda avtomobil davlat raqamini o‘g‘irlash bilan bog‘liq 30dan ortiq holat qayd etilgan.

Fikr bildirish

Latest from Blog