Samarqand shahri yo‘l-patrul xizmati xodimlariga mototsikllar topshirildi

Ichki ishlar vazirligi tomonidan Samarqand shahri yo‘l-patrul xizmati xodimlariga Honda rusumli maxsus jihozlangan mototsikllar taqdim etildi. Bu haqda viloyat hokimligi rasmiy veb sayti xabar beradi.

Foto: samarkand.uz

Xabarda takidlanishicha, so‘nggi yillarda shaharda avtotransport vositalari ancha ko‘paygani sabab ba’zi ko‘chalar va chorrahalarda tirbandliklar yuzaga kelib, maxsus operatsiyani bajarayotgan xizmat avtomashinalarining harakatlanishida ma’lum qiyinchiliklarni keltirib chiqaryapti.

Eslatib o‘tamiz, Prezidentning 12-iyuldagi qarori bilan Toshkent, Samarqand va Xorazm viloyatlarida tajriba sinov tarzida mototsikllardagi yo‘l-patrul xizmati xodimlari guruhi tashkil etilishi belgilangandi.

Fikr bildirish

Latest from Blog