Samarqand, Qarshi va Buxoroga boradigan Afrosiyob poyezdi chipta narxlari keskin oshirildi

Yuqori tezlikda harakatlanuvchi Afrosiyob elektropoyezdi yo‘l chipta narxlari 15 avgust kunidan boshlab o‘zgaradi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” aksiyadorlik jamiyatiga tayanib “Xalq so‘zi Online“ ma’lum qildi.

Foto: Flickr / Adam Jones

Unga ko‘ra, Toshkent-Samarqand yo‘nalishida harakat qiluvchi tezyurar poyezd uchun VIP-klassdagi o‘rinlar uchun chipta bahosi 151 000 so‘m, biznes-klass 105 000 so‘m, ekonom-klass uchun esa 78 000 so‘mni tashkil qiladi.

Ayni vaqtda Samarqandga boruvchi Afrosiyob poyezdining ekonom-klassdagi chiptalari narxi 58 ming so‘mdan taklif etilmoqda. 15-avgustdan boshlab belgilangan narxga ko‘ra, chipta narxi 34,5 foizga oshadi. Biznes klassdagi chiptalar narxi esa 78 mingni tashkil qilgan. Yangi narxga ko‘ra, chipta narxi 34,6 foizga oshadi.

Qolgan chiptalarning narxi ham o‘rtacha 34-35 foizga oshirilganini ko‘rishimiz mumkin. Quyida Afrosiyob elektropoyezdi yangi yo‘l chipta narxlari bilan tanishib olishingiz mumkin:

Toshkent — Samarqand:

VIP-klass – 151 000 so‘m (15 avgustgacha bo‘lgan narx — 112 ming so‘m)
Biznes-klass – 105 000 so‘m (78 ming so‘m)
Ekonom-klass – 78 000 so‘m (58 ming so‘m)

Toshkent — Qarshi:

VIP-klass – 209 000 so‘m (15 avgustgacha bo‘lgan narx — 155 ming so‘m)
Biznes-klass – 148 000 so‘m (110 ming so‘m)
Ekonom-klass – 108 000 so‘m (80 ming so‘m)

Toshkent — Buxoro:

VIP-klass – 243 000 so‘m (15 avgustgacha bo‘lgan narx — 195 ming so‘m)
Biznes-klass – 176 000 so‘m (130 ming so‘m)
Ekonom-klass – 128 000 so‘m (95 ming so‘m).

Fikr bildirish

Latest from Blog