Saakashvili Ukraina Bosh prokurorini xoinlikda aybladi

Odessa viloyati sobiq hokimi Mixail Saakashvili Ukraina bosh prokurori Yuriy Lutsenkoni Ukraina dushmani deb atadi, deya xabar qilmoqda Gazeta.ru nashri.

Foto: RIA

«Ukrainaning navbatdagi dushmani – Yura Lutsenko. U dushmandan ham yomonroq. U haqiqiy xoin … Yura, sen xoinsan … Seni Ukraina xalqi qamoqqa tiqadi», – dedi Saakashvili.

Avvalroq, Kiyev markazida politsiya va Odessa viloyati sobiq rahbari Mixail Saakashvilining tarafdorlari o‘rtasida to‘qnashuv sodir bo‘lganligi xabar qilingandi.

Saakashvilining tarafdorlari Oktabr saroyini egallashga urinishgan.

Latest from Blog