Rustam Inoyatov O‘zbekiston Prezidentining siyosiy-huquqiy masalalar bo‘yicha davlat maslahatchisi lavozimiga tayinlandi

Rustam Inoyatov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining siyosiy-huquqiy masalalar bo‘yicha davlat maslahatchisi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: “Sinxua”

“2018-yil 31-yanvardagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5317-son Farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 93-moddasining 24 bandiga muvofiq Rustam Rasulevich Inoyatov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining siyosiy-huquqiy masalalar bo‘yicha Davlat maslahatchisi lavozimiga tayinlandi, shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati Raisi lavozimidan ozod etildi”, — deyiladi xabarnomada.

Oldinroq Rustam Inoyatovning o‘rniga Milliy xavfsizlik xizmati raisi lavozimiga Ixtiyor Abdullayev tayinlangani ma’lum qilingan edi.

Fikr bildirish

Latest from Blog