Rustam Azimov O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi

Rustam Azimov boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan, O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi. Azimov qaysi lavozimga tayinlangani hozircha noma’lum, deb yozadi Uz24.

Foto: Uz24

Xabar berishlaricha, hukumat tarkibidagi Rustam Azimovning o‘rnini moliya vazirining sobiq birinchi o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov egallagan.

Rustam Azimov 2000—2002-yillarda Makroiqtisodiyot va statistika vazirligiga, 2003—2005-yillarda Iqtisodiyot vazirligiga rahbarlik qilgan.

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonning muvaqqat Prezidenti etib tasdiqlanganidan so‘ng, 2016-yil 13-sentabrida hukumat tarkibida Rustam Azimov rahbarlik qilayotgan Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy o‘zgartirishlar, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari kompleksiga ta’lim va fan masalalari ham qo‘shib berilgan edi.

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Prezidenti vakolatlarini bajarishga kirishganidan so‘ng, 2016-yilning 14-dekabr kuni hukumat tarkibida Rustam Azimov rahbarlik qilayotgan kompleksda makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy o‘zgartirishlar, xorijiy investitsiyalar masalalari qoldirilgan, shuningdek, Azimov o‘zi 2005-yildan beri boshqarib kelayotgan Moliya vazirligi rahbarligidan ozod etilgan edi.

Fikr bildirish

Latest from Blog