Ruslan Sharipov sahnaga qaytdi. Bu haqda troll.uz ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali xabar bermoqda.
«Hayot davom etar! Judayam kuchli soʻzlar. Ayniqsa bu soʻzlarni undan eshitsangiz. Ruslan Sharipovni qaytishi bilan tabriklayman. Uning bu qaytishiga yordam berganlarga minnatdorlik bildiraman», deyiladi postda.
Oʻtgan yili Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist, bugungacha xit boʻlib kelayotgan qator taronalar muallifi hisoblangan Ruslan Sharipovning suratlari internet saytlarida tarqalib, keng muhokamalarga sabab boʻlgan edi.
Suratlarda uning abgor holatga tushib qolgani tasvirlangandi.