Ruslan Nuriddinov rekord natija bilan Osiyo oʻyinlari chempioniga aylandi

Indoneziyaning Jakarta va Palembang shahrida davom etayotgan Osiyo oʻyinlarida Oʻzbekiston terma jamoasi hisobiga navbatdagi oltin medal qoʻshildi.

korrespondent uz 1588
Foto: Hasan Pirmuhammedov

Ogʻir atletika bahslarida -105 kg vazn toifasida ishtirok etgan oʻzbekistonlik Ruslan Nuriddinov dast koʻtarishda 191 kg, siltab koʻtarishda 230 kg, jami 421 kg natijani qayd qilgan Nuriddinov Osiyo oʻyinlari rekordini oʻrnatib, oltin medalni qoʻlga kiritdi.

Ushbu natija Oʻzbekiston sport delegatsiyasi hisobidagi medallar sonini 27taga yetishiga sabab boʻldi. 6ta oltin, 11ta kumush va 10ta bronza medallariga ega boʻlgan Oʻzbekiston terma jamoasi umumiy reytingda hamon 10-oʻrinda qolmoqda.

Fikr bildirish

Latest from Blog