Professional boks boʻyicha oʻta ogʻir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Ruslan Chagayev Oʻzbekistonga keldi. Bu haqda Instagramdagi MMA_Uzbekistan sahifasi bokschining Oʻzbekistonda olingan suratini joylashtirgan.
«Ruslan Chagayev Oʻzbekistonga keldi», deyiladi suratga izohda.
Ayrim xabarlarga qaraganda, u oʻzi tugʻilib oʻsgan Andijon shahrida boʻlib turibdi.
Ruslan Chagayev 1978-yilda Andijonda tugʻilgan boʻlib, havaskor bokschilar oʻrtasida ikki marta jahon chempioni, Osiyo chempioni hisoblanadi.
U shuningdek, professional boksda ham faoliyat olib borgan boʻlib, afsonaviy bokschi Nikolay Valuyevni magʻlubiyatga uchratib, WBA yoʻnalishida jahon chempioni boʻlgan.