Ruminiyaning oxirgi qiroli Mixay I Shveysariyada 96 yoshda olamdan o‘tdi. Bu haqda Gazeta.ru nashri Reuters’ga tayanib xabar bermoqda.
U ikki marta — 20 va 40-yillarda hokimiyat tepasida bo‘lgan.
Mixay I leykemiyadan, shuningdek, saratonning yana bir turidan aziyat chekkan. Bu haqda qirollik oilasi 2016-yili ma’lum qilgan edi.
Mixay I 1927-yili 6 yoshida taxtga chiqqan edi. Uning otasi Karol taxtdan voz kechib, Ruminiyadan chiqib ketgan edi. Ammo u 1930-yili mamlakatga qaytib, o‘g‘lini taxtdan tushirdi.
1940-yili Mixay I qaytadan taxt tepasiga keldi. U natsist Germaniyasi bilan aloqani uzib, nemisparast hukumatni hibsga oldi. Buning uchun u 1945-yili SSSRning “G‘alaba” harbiy ordeni bilan taqdirlandi.