«Natsimbio» milliy immunobiologiya kompaniyasi va «Oʻzmedeksport» Respublika tashqi iqtisodiy davlat korxonasi oʻrtasida tegishli kelishuv imzolandi.
«Kompaniyalar eksport boʻyicha hamkorlikni mustahkamlaydi, ustuvor loyihalarni ishlab chiqish bilan shugʻullanadi hamda innovatsion texnologiyalar va mahsulotlar uchun mos sharoitlar yaratadi», — deyiladi kompaniya xabarida.
Hozirda Oʻzbekiston hududida Rossiyada ishlab chiqariladigan 768 dori vositasi sotiladi.