Rossiyaning “NTV” telekanalida suratga olish jarayonlari O‘zbekistonda kechgan “Pora v otpusk” nomli ko‘rsatuv efirga uzatildi. Ko‘rsatuv O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan hamkorlikda ishlangan, deb xabar berdi “Kommersant.uz”.
Shou qahramonlari — ayrim sabablarga ko‘ra ta’tilga otlangan oila. Butun ta’til davomida qahramonlarni turli syurprizlar kutib qoladi. Ular ta’tilni qayerda o‘tkazishlari borasida faqatgina aeroportda xabar topadi.