Rossiyalik kinoijodkorlar O‘zbekistonda harbiy kartina suratga olishdi

O‘zbekistonda rossiyalik kinoijodkorlar navbatdagi filmlarini suratga olishdi. Syomka jarayonlari ikki oy davom etdi. Voqealarning asosiy qismi Xivada bo‘lib o‘tdi. Bosh rolni Vladimir Mashkov ijro etgan. Olti qismli serialda sovet hukumati davri tasvirlangan.

Foto: Ruskino.ru

Rejissor ta’kidlaganidek, “Asalli quyosh” (“Медное солнце”) voqealari O‘zbekistonda emas, balki SSSR davridagi Markaziy Osiyo respublikasida, sharqiy shaharlarning birida jonlantirildi.

Vladimir Mashkovning qahramoni dirijor, u o‘zining harbiy orkestri bilan Xivaga yuboriladi. Tez orada esa harbiy orkestr markazning e’tiboridan chetda qoladi. Filmda XX asrning 80-yillarining so‘ngi tasvirlangan. Bu payt butun ittifoqda tartibsizlik avj olgan edi. Ittifoq harbiylari Moskvaga qaytish kerakligi haqida tapshiriq oladi. Bu orada hududdagi vaziyatni o‘z qo‘liga olishga urinayotgan jangarilar guruhi ham paydo bo‘ladi. Bu paytgacha harbiylar mahalliy aholining mehmondo‘stligi va oliyjanobligi sabab ular bilan juda ahil yashayotgan edilar. Shu bois ular qaytishni emas, qolib jangarilarga qarshi kurash yo‘lini tanlashadi. Harbiylarning aksariyati hali balog‘at yoshidagi o‘spirin bo‘lishiga qaramay, mardlik ko‘rsatishadi.

Foto: Ruskino.ru

Bularning hammasi insoniyat uchun sinov. Nafrat va g‘azab aqliy qobiliyatdan ko‘ra kuchayib ketayotgan bir paytda insoniylik xavf ostiga qolgani haqida, har qanday qurollar, tanklardan ham qudratli kuch – musiqa bilan jangga kirganlar hikoya qilinadi.

Foto: Ruskino.ru

Film ijodkorlari syomka jarayonlari juda yaxshi o‘tganligini, ikki oy davomida asar qahramonlarining holatini yaqindan his qilishganini ta’kidlashadi. Mahalliy aholining samimiyligi, mehmondo‘stligi va har qanday sharoitda ham yordamga tayyorligini e’tirof etdi film rejissori. Filmda bir nechta o‘zbek aktyorlari ham suratga tushishgan.

Foto: Ruskino.ru

Fikr bildirish

Latest from Blog