Rossiyalik deputat Hollivud filmlarini xitoycha va oʻzbekcha filmlarga almashtirishni taklif qilmoqda

Foto: imdb.com

Rossiya Davlat dumasining madaniyat boʻyicha qoʻmitasi rahbarining birinchi muovini Yelena Drapeko mamlakat kinoprokatidagi Gʻarb kinofilmlarini Xitoy, Hindiston, Qozogʻiston va Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan filmlarga almashtirishni taklif qildi.

Bu taklifni deputat Madaniyat vazirligi bilan muhokama qilishni rejalamoqda.

Ukrainaga hujum ortidan Rossiyadan Sony, Walt Disney Company, Paramount va Warner Bros kabi kinokompaniyalar ketgan. Hollivud studiyalari mamlakatdagi film premyeralarini bekor qilib, Rossiya kinoteatrlariga film yetkazishni toʻxtatib qoʻyishgan.

Xitoyda boʻlganida “ajoyib tarixiy kartinalar” koʻrganini aytgan Drapeko bunaqa filmlar Rossiyaga kelmayotganidan taassuf bildirgan.

“Stilistikasi boʻyicha, kayfiyati boʻyicha bu filmlar bizning tomoshabinga juda tushunarli va yaqin. Shu kabi filmlarni sotib olish haqida kelishuvga erishish kerak”, degan Rossiya Davlat dumasi deputati.

Fikr bildirish

Latest from Blog