/

Rossiya pasportiga ega muhojirlar urush haqidagi “feyk” uchun fuqarolikdan mahrum etilishi mumkin

O‘tgan haftada Rossiya Federatsiyasi Davlat Dumasi “Rossiya Federatsiyasi fuqaroligi to‘g‘risida”gi qonunning yangi tahririni ikkinchi va uchinchi o‘qishda qabul qildi.

Hujjatda aytilishicha, Rossiya pasport egalari «milliy xavfsizlikka tahdid soluvchi xatti-harakatlar», shu jumladan harbiy “feyk” va Rossiya harbiylarini “obro‘sizlantirish” uchun fuqarolikdan mahrum qilinishi mumkin.

Endilikda harbiy xizmatni tark etish, armiya va ko‘ngillilar haqida yolg‘on maʼlumotlar tarqatish, ommaviy tartibsizliklar, mitinglar o‘tkazish to‘g‘risidagi qonunni qayta-qayta buzish, harbiy xizmatdan bo‘yin tovlash, chet el agentlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya qilmaganlik uchun fuqarolik bekor qilinishi mumkin.

Shunday bo‘lsada, ushbu asoslar bo‘yicha fuqaroligidan mahrum bo‘lgan shaxslar kamida uch yildan so‘ng Rossiya fuqaroligini olish huquqiga ega bo‘ladilar.

Rossiya Federatsiyasi Konstitutsiyasiga ko‘ra, Rossiya hududida tug‘ilgan shaxs fuqaroligidan mahrum etilishi mumkin emas.

So‘nggi yillarda Rossiya fuqaroligini ko‘plab Markaziy Osiyo davlatlari fuqarolari olgan. O‘tgan yili Rossiya pasportlarini olganlarning 43 foizi (deyarli 300 ming kishi) Ukrainaning sobiq fuqarolari (asosan DXR va LXRda yashovchilar) ekanligi maʼlum qilingan edi.

Fikr bildirish

Latest from Blog