Rossiya Mudofaa vazirligi Odessa bandargohiga 23 iyul kuni raketa zarbasi berilganini tan oldi.
Odessa bandargohiga raketa otilishi jahonda katta rezonans paydo qilgan va Rossiya ukrain bug‘doyini olib chiqish bo‘yicha shartnomani buzishga harakat qilayotganlikda ayblangan edi.
23-iyul kuni Rossiya mazkur hujumga aloqasi yo‘qligini va Odessaga raketa otmaganini rasman bildirgandi. Ammo 24-iyul kuni Rossiya Mudofaa vazirligi “Odessa bandargohi hududidagi kemasozlik zavodida yuqori aniqlikda mo‘ljalni uradigan raketalar vositasida harbiy kema va Harpoon raketalari saqlanadigan ombor yo‘q qilingani”ni bildirdi.
Ukraina raketa hujumi oqibatida bandargoh infrastrukturasiga zarar yetganini maʼlum qilgan. Biroq ukrain tomoni bayonotida harbiy kema va raketalar ombori yo‘q qilingani to‘g‘risida maʼlumot berilmagan.
24-fevral kuni boshlangan bosqindan keyin Rossiya Qora dengizdagi Ukraina portlarini to‘sib qo‘yishi natijasida o‘n millionlab tonna don Ukraina portlarida tiqilib qolgan edi.
Asosiy global bug‘doy yetkazib beruvchilar Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urush global oziq-ovqat narxini ko‘tarilishiga olib keldi. Jahon oziq-ovqat dasturiga ko‘ra, inqiroz 47 millionga yaqin odamni «o‘tkir ochlik» yoqasiga olib keldi.
22-iyul kuni Rossiya va Ukraina Turkiya hamda BMT vositachiligida Ukrainaning don eksportini tiqlash to‘g‘risida kelishuvga erishgan edi. Odessa bandargohiga raketa otilishi mazkur kelishuvning amalga oshirilishini xavf ostiga qo‘yadi.