Rossiya oʻn besh nafar oʻzbekistonlikni fuqaroligiga oldi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 77 nafar kishiga Rossiya fuqaroligini berish toʻgʻrisida qaror imzoladi, deb xabar qildi huquqiy axborot rasmiy internet portali.

Foto: Prograzhdanstvo.ru

Unga koʻra, 15 nafar oʻzbekistonlik Rossiya fuqaroligini oldi.

Shuningdek, Rossiya fuqaroligiga 15 nafar Armeniya, 8 nafar Afgʻoniston, 7 nafar Tojikiston va 5 nafardan Moldaviya va Ozarbayjon, 4 nafar Belarus, 3 nafar Qozogʻiston, 2 nafardan Suriya, Ukraina, Buyuk Britaniya va 1 nafardan Qirgʻiziston, Turkiya, Latviya, Vyetnam, Bosniya va Gertsegovina fuqarolari kiradi.

 Shu bilan birga, amerikalik Rossiya jurnatisti Tim Kerbiga ham fuqarolik berildi.

Qarorga koʻra, Rossiya fuqaroligi Rossiya hududida tugʻilgan fuqarolar ham oldi.

Qaror bilan 1998-yil prezident qaroriga oʻzgartish kirtilib, yolgʻon maʼlumot va qalbaki hujjatlardan foydalanganligi uchun bir nafar tojikistonlik fuqarodan Rossiya fuqaroligidan mahrum etildi.

Eslatib oʻtamiz, shu yilning avgust oyida 16 nafar oʻzbekistonlikka Rossiya fuqaroligi berildi.

Fikr bildirish

Latest from Blog