Rossiya bilan atom energetikasi bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 22-yanvardagi qarori bilan O‘zbekiston va Rossiya hukumatlari o‘rtasida Tinchlik maqsadlarida atom energiyasidan foydalanish sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitimni tasdiqladi.

Foto: www.polska-kaliningrad.ru

Bitim 29-dekabr kuni Toshkentda bosh vazir o‘rinbosari Nodir Otajonov va «Rosatom» davlat korporatsiyasi bosh direktori Aleksey Lixachev tomonidan imzolangan edi.

Hujjat tinchlik maqsadlarida atom energiyasidan foydalanish sohasida ikki davlat aloqalari uchun huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi.

Fikr bildirish

Latest from Blog