Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi 27-mart kuni ertalab Rossiya qo‘shinlari o‘tgan sutka davomida 610 nafarga yaqin askarini yo‘qotganini maʼlum qildi.
Ukraina qo‘mondonligi maʼlumotlariga ko‘ra, Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli bosqini boshlangan 2022-yil 24-fevralidan beri Rossiyaning umumiy yo‘qotishlari taxminan 171 160 harbiyni tashkil etdi.
Ukraina Qurolli Kuchlari Bosh shtabi, shuningdek, Rossiya texnikasining, jumladan 3595 ta tank, 6953 ta zirhli jangovar mashina, 2638 ta artilleriya tizimi va 523 ta raketa tizimi yo‘q qilinganini maʼlum qildi.
AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken 18 fevral kuni Myunxen xavfsizlik konferensiyasida Rossiyaning urush boshlangandan beri Ukrainaga qarshi urushdagi yo‘qotishlari 200 ming harbiy halok bo‘lgani va yaralanganini aytdi.
2022-yilning noyabr oyida AQSH shtab boshliqlari qo‘mitasi raisi, general Mark Milli Rossiyaning urushdagi yo‘qotishlari kamida 100 ming kishi halok bo‘lgan va yaralanganini aytgan edi.
Rossiya o‘z qurbonlari haqidagi maʼlumotlarni oshkor qilmayapti. Rossiya Mudofaa vazirligi yo‘qotishlar haqida oxirgi marta 2022-yil 21-sentyabrda 5937 kishi halok bo‘lgani haqida xabar bergan edi.