Ronaldo soliq to‘lashdan bo‘yin tovlagani uchun 6 million yevro tovon puli to‘laydi

Madridning «Real» hujumchisi Kristiano Ronaldo soliqlardan bo‘yin tovlagani uchun o‘z ixtiyori bilan 6 million yevro miqdoridagi tovon puli to‘laydi. Bu haqda Marca nashriga tayanib «Gazeta.ru» xabar berdi.

Foto: www.forzaroma.info

2014-yilda Ispaniya Moliya vazirlgi va soliq xizmati sportchini 15 mln. yevro miqdoridagi soliqni to‘lashdan bo‘yin tovlaganlikda ayblagan edi.

Nashrning xabariga ko‘ra, bu safar Ronaldo 5 yilgacha qamoq jazosi berilishi mumkin bo‘lgan jazodan qutilib qolish maqsaddia tovon pulini o‘z ixtiyori bilan to‘lashga qaror qilgan.

Fikr bildirish

Latest from Blog