Ravshan Haydarov «Paxtakor» bosh murabbiyi etib tayinlandi


Oliy Liga–2017 mavsumi boshidagi qoniqarsiz natijalar sababli “Paxtakor” futbol klubida bosh murabbiy o‘zgardi, deb xabar beradi O‘zPFL matbuot xizmati.

Klub rahbariyati Grigoriy Kolosovskiyni “Mash’al”ga 0:3 hisobida boy berilgan Oliy Liga 4-turidan keyin iste’foga chiqarishga qaror qildi. Uning o‘rniga “Paxtakor”ga avval ham ustozlik qilgan Ravshan Haydarov bosh murabbiy etib tayinlandi.

Murabbiylik faoliyati davomida Ravshan Haydarov “Traktor” (1997–2001), “Paxtakor” (2002, 2006–2007, 2010–2011), “Qizilqum” (2012–2013), Samarqandning “Dinamo” (2013–2014) klublarida bosh murabbiy bo‘lib ishlagan. Ravshan Haydarov qo‘li ostida “Paxtakor” ikki martadan O‘zbekiston chempionati va Kubogida g‘olib chiqgan.

Shuningdek, Ravshan Akmalovich 2002–2005-yillarda O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi, 2007–2010- yillarda “Paxtakor” klubida bosh murabbiy assistenti, 2014–2015-yillarda O‘zbekiston U-19 termasi ustozi lavozimia faoliyat yuritgan. 2015-yildan buyon esa 55 yoshli mutaxassis O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiylar shtabida ishlab kelayotgan edi.

Fikr bildirish

Latest from Blog