Ravshan Haydarov bosh murabbiyligidagi O‘zbekiston U-22terma jamoasi 12-iyul kuni BAAga jo‘nab ketishi haqida avvalroq xabar berilgan edi.
Foto: the-uff.com
15-19-iyul kunlari BAAning Dubay shahrida kelasi yili Xitoyda bo‘lib o‘tadigan U-23 yoshlar terma jamoalari o‘rtasidagi Osiyo Chempionati saralash bahslari D guruhi uchrashuvlari o‘tkaziladi. Ushbu saralash guruhida mezbon BAA, O‘zbekiston, Livan hamda Nepal yoshlar termalari Osiyo Chempionati final bosqichi yo‘llanmasi uchun kurash olib borishadi, deya xabar qilmqoda UFF.
O‘zbekiston U-22 yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov mazkur saralash turniriga jami 22 nafar futbolchini jalb etgan. O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi saralash bahslarini 15-iyul kuni Livanga qarshi uchrashuv bilan boshlaydi. Ravshan Haydarov jamoasi ikkinchi turda Nepal, turnirning so‘nggi turida esa, BAA yoshlariga qarshi bahs olib boradi.
U-22 yoshlar o‘rtasidagi OCh saralashi uchun chaqirilgan futbolchilar ro‘yxati:
Darvozabonlar:
Dilshod Hamraev (“Bunyodkor”)
Umidjon Hamroev (“Nasaf”)
Botirali Ergashev (“Paxtakor”).
Himoyachilar:
Abbos Otahonov (“Paxtakor”)
Hojiakbar Alijonov (“Paxtakor”)
Husniddin G‘ofurov (“Neftchi”)
Xurshid G‘iyosov (“Bunyodkor”)
Abdujamol Isroilov (“Dinamo”)
Islomjon Qobilov (“Metallurg”)
Dostonbek Tursunov (“Metallurg”)
Akrom Komilov (“Bunyodkor”)
Yarim himoyachilar:
Azizjon G‘aniev (“Nasaf”)
Jasur Yaxshiboev (“Paxtakor”)
Javohir Siddiqov (“Qo‘qon-1912”)
Doniyor Narzullaev (“Nasaf”)
Sharof Muhitdinov (“Nasaf”)
Odiljon Hamrobekov (“Nasaf”)
Nurillo To‘xtasinov (“Bunyodkor”)
Hujumchilar:
Bobir Abduholiqov (“Nasaf”)
Zabihillo O‘rinboev (“Paxtakor”)
Behzod G‘anijonov (“Qizilqum”)
Andrey Sidorov (“Qo‘qon-1912”)