O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (O‘FA) birinchi vitse-prezidenti, sobiq hakam Ravshan Ermatov Rossiya futbol ittifoqi (RFI) qoshidagi hakam va ekspertlar komissiyasi a’zosiga aylandi. Bu haqda RFI matbuot xizmati ma’lum qildi.
Avvalroq RFI mazkur komissiya a’zoligi uchun qator mashhur sobiq hakamlar nomzodlarini ko‘rib chiqayotgni xabar qilingandi. Ushbu komissiya Rossiya futbol hakamlari faoliyatini baholab boradi va ularning xato-kamchiliklarini tahlil qiladi.
Ravshan Ermatov 2019-yilda hakamlik faoliyatini yakunlagan va O‘FA birinchi vitse-prezidenti etib saylangandi. 2021-yilning sentabr oyida Ermatov O‘FA vitse-prezidentligiga qayta saylangandi.