Jahongir Yunusov O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Prezident rasmiy veb-saytida xabar berildi.
Foto: Sof.uz
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-iyuldagi PQ-3118-son qaroriga muvofiq Yunusov Jahongir Bahodirovich O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi”, – deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, Prezidentning 18-apreldagi farmoni bilan Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tashkil etilgan edi.