Checheniston rahbari Ramzan Qodirov, Abu Dabi valiahd shahzodasi, shayx Muhammad ibn Zayed al-Nahyanni Chechinistonga taklif qildi. Bu haqda Qodirov o‘zining Telegramdagi kanalida xabar qildi.

Xabarda Qodirov Al Nahyan bilan uchrashganligini bildirdi. Uchrashuvda Birlashgan Arab Amirliklarining Chechenistonda amalga oshirgan loyihalari muhokama qilingan.
«Abu Dabining valiahd shahzodasiga samimiy qabul, yuksak e’tibor va yordam uchun o‘z minnatdorligimni izhor etdim. Men uni Chechenistonga taklif qildim. Ishonchim komilki, Checheniston, umuman, Rossiya va Birlashgan Arab Amirliklari o‘rtasidagi munosabatlar sifat jihatidan yangi darajaga ko‘tariladi», – deb yozgan Qodirov.