Radisson Blu rekonstruksiyasi “Chorsu” mehmonxonasinikidan qimmatga tushadi

O‘zbekiston Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan Radisson Blu mehmonxonasining rekonstruksiyasi 40 million AQSh dollarga baholandi. Bu haqda Spot xabar berdi.

Foto: Radisson Blu

Loyiha 2019-yilda amalga oshirilishi zarur bo‘lgan ro‘yxatga kiritildi. Loyihaning prognoz qiymati 40 million AQSh dollarni tashkil qiladi. Bu ko‘p yillik turib qolgan “Chorsu” mehmonxonasining ta’mirlanishidan ham qimmat(33 million AQSh dollar).

Potensial investor sifatida Turkiyaning Aysel Invest korxonasi ko‘rsatilgan. Huddi shu nomli kompaniya 2002-yilda mehmonxonani boshqarish uchun Vazirlar Mahkamasining qarori bilan 2002—2003-yillarda tashkil etilgan.

2018-yilning yozida Aysel Invest aksiyadorlik jamiyatidan mas’uliyati cheklangan jamiyatga o‘zgartirilgan. Ushbu ikki mehmonxonadan tashqari 2019-yilning istiqboldagi loyihalar dasturiga quyidagilar kiritilgan:

  • Bo‘stonliq tumanidagi 5-yulduzli mehmonxona (potensial investor Saudiya Arabistonning Al Hidaya Global kompaniyasi, prognoz qiymati —35 million AQSh dollar);
  • Toshkentdagi 3—4-yulduzli mehmonxona (potensial investor Hindistonning Orion Group kompaniyasi, prognoz qiymati 100 million AQSh dollar);
  • Samarqand, Buxoro va Toshkentda mehmonxonalar tarmog‘i (potensial investor Hindistonning S.C.S. PVT kompaniyasi, prognoz qiymati 150 million AQSh dollar);
  • Toshkent va Buxoroda 3—4-yulduzli mehmonxona (potensial investor Hindistonning SRB Group kompaniyasi, prognoz qiymati — 10 million AQSh dollar).

Fikr bildirish

Latest from Blog