Raddiya – “Ijtimoiy fikr” korruptsiya haqida soʻrov oʻtkazmagan

1

2-fevral kuni «Korrespondent.uz» sahifasida «Oʻzbekistondagi eng korruptsiyalashgan tashkilot va muassasalar maʼlum boʻldi» sarlavhasi ostida xabar eʼlon qilingan edi.

Ushbu xabar mahalliy manba — «Novosti Uzbekistana»  sahifasidan olingan boʻlib, hech qanday oʻzgartish yoki qoʻshimcha kiritilmasdan eʼlon qilingan.

Bugun «Ijtimoiy fikr» Markaz tomonidan korruptsiya mavzusida hech qanday soʻrov oʻtkazilmaganini va xabarda oʻtkazilgan soʻrovning mazmuni buzib koʻrsatilganini taʼkidlab oʻtdi.

Shu munosabat bilan «Korrespondent.uz» joriy yilning 2-fevral kuni chop etilgan «Oʻzbekistondagi eng korruptsiyalashgan tashkilot va muassasalar maʼlum boʻldi» nomi ostida chop etilgan xabarga raddiya beradi.

Tahririyat ushbu xabarni chiqarishda hech qanday gʻarazli maqsadni koʻzlamaganini  taʼkidlaydi va boshqa manbadan olingan, notoʻgʻri talqindagi maʼlumot uchun oʻz mushtariylaridan uzr soʻraydi.

Fikr bildirish

Latest from Blog