Qozog‘iston va Turkmaniston Ayollarning global tinchlik va xavfsizlik indeksi (WPS Index) reytingida 59 va 60-o‘rinlarni egallab, Markaziy Osiyodagi eng xavfsiz davlatlar sifatida tan olindi.
Jorjtaun ayollar, tinchlik va xavfsizlik instituti (AQSH) tomonidan nashr etilgan WPS indeksi dunyoning 170 ta davlatidagi ayollar holatiga oid ma’lumotlarni to‘playdi.
Indeksda O‘zbekiston 74, Tojikiston 85, Qirg‘iziston 97-o‘rinni egallagan.
WPS indeksining yetakchilari Norvegiya, Finlyandiya, Islandiya, Daniya va Lyuksemburg mamlakatlari bo‘lib turibdi. Afg‘oniston, Suriya, Yaman, Pokiston va Iroqdagi vaziyat esa eng katta tashvish keltirib chiqarmoqda.
Fevral oyida Numbeo tahliliy xizmati jinoyat darajasi bo‘yicha davlatlarning 2023-yilgi reytingini tuzgandi. O‘zbekiston 142 mamlakat ichida 104-o‘rinni egallagan.