/

Qozog‘iston prezidenti BMT Bosh Assambleyasi doirasida Yevropa Ittifoqi rahbariyati bilan uchrashadi

Foto: Tengrinews

Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jo‘mart To‘qayev BMT Bosh Assambleyasining 77-sessiyasida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Nyu-Yorkka keldi, deya xabar qildi davlat rahbari matbuot xizmati dushanba kuni.

Dushanba kuni To‘qayev jahon moliya institutlari, jumladan JPMorgan Chase & so., Siti, Goldman Sachs, NASDAQ va boshqalar rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazishi rejalashtirilgan. Shu bilan birga, davlat rahbari Boeing, Exxon Mobil, General Elestriss, Vabtes, Misrosoft kabi transmilliy kompaniyalar rahbarlari, ekspert doiralari vakillari bilan uchrashadi.

«20-sentyabr kuni Qozog‘iston rahbari BMT Bosh Assambleyasi Bosh munozaralarida nutq so‘zlaydi. Shuningdek, BMT Bosh kotibi, Yevropa Ittifoqi rahbariyati va bir qator davlatlar rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazish rejalashtirilgan”, deyiladi xabarda.

Bundan tashqari, Qozog‘iston prezidenti oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha global sammitda ishtirok etadi.

Fikr bildirish

Latest from Blog