/

Qozog‘iston bug‘doy importini taqiqlashni rejalashtirmoqda

Qozog‘iston uchinchi davlatlar va Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi davlatlaridan temiryo‘l va avtomobil transportida bug‘doy olib kirishga olti oylik taqiq qo‘ymoqchi. Bu haqda “Zakon.kz” xabar berdi.

Tegishli buyruq loyihasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan.

Hujjatga ko‘ra, bug‘doyni temiryo‘l orqali olib kirish faqat litsenziyaga ega elevatorlar, donni qayta ishlash korxonalari va parrandachilik korxonalari uchun mumkin bo‘ladi.

Loyiha Qozog‘iston Qishloq xo‘jaligi vazirligining internet-resursida va “Ochiq NPA” internet portalida joylashtirilgan.

So‘nggi ma’lumotga ko‘ra, Qozog‘istonda sotilmagan dondan yo‘qotilgan daromad taxminan 284 milliard tengeni tashkil etadi. Bu budjet krediti ko‘rinishidagi davlat yordamidan ikki barobar ko‘pdir.

Fikr bildirish

Latest from Blog