Qozogʻistonda oʻzbekistonliklar mingan avtobus yonib ketdi

Qozogʻistonning Aqtobe viloyatida avtobus yonib ketdi, deb xabar qilmoqda Sputnik Kazaxstan nashri Qozogʻiston IIV favqulodda vaziyatlar boʻyicha vakli Ruslan Imankulov xabariga tayanib.

Uning soʻzlariga koʻra, 18-yanvar soat 10:30 da Aqtobe viloyatining Irgiz tumanida “Samara – Shimkent” yoʻlining 1068 kilometrida,  Kalibay posyolkasidan 10km masofada avtobus yonib ketgan.

“Avtobus salonida 55 yoʻlovchi va ikki nafar haydovchi boʻlgan. Ularning fuqaroligi aniqlanmoqda. Yongʻindan qutulib qolgan 5 nafar yoʻlovchiga Qozogʻiston FVVsining tibbiy-qutqaruv boʻlimi tomonidan yordam koʻrsatilmoqda. Qolgan 52 kishi fojea joyida qurbon boʻlgan”, — deyilgan Imankulov xabarida.

Aqtobe viloyati FVV Departamentida tezkor shtab faoliyat koʻrsatmoqda. Psixiologik yordam xizmati ishlab turibdi. Aloqa uchun telefonlar:  +7 7132 56-29-62, +7 7132 56-68-85.

Ijtimoiy tarmoqlarda dastlabki fojea joyida olingan dastlabki video paydo boʻldi.

Fikr bildirish

Latest from Blog