Qozogʻiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga taʼziya izhor etdi

Qozogʻiston prezidenti Nursulton Nazarboyev Shavkat Mirziyoyevga Qozogʻistonning Aqto‘be viloyatida avtobusning yonib ketishi oqibatida Oʻzbekiston fuqarolarining fojiali ravishda halok boʻlgani yuzasidan hamdardlik telegrammasini yoʻlladi. Bu haqda Qozogʻiston prezidenti matbuot xizmati xabar qildi.

Foto: Qozogʻiston prezidenti matbuot xizmati

«Ogʻir qaygʻuga hamdardman, Qozogʻiston xalqi va oʻz nomimdan halok boʻlganlarning oilasi va yaqinlariga hamdardligimni yetkazishingizni soʻrayman. Jabrlanganlarning tezroq sogʻayib, oʻz oilasiga qaytishini tilayman», — deyilgan telegrammada.

Bundan tashqari, Qozogʻiston rahbari topshirigʻiga koʻra hodisa tafsilotlari va sabablarini aniqlashtirish uchun hukumat komissiyasi tashkil etildi.

18-yanvar kuni mahalliy vaqt bilan soat 10:30 da Qozogʻistonning Aqtobe viloyatida Samara — Chimkent yoʻlida yoʻlovchi avtobusi yonib ketganligi haqida xabar bergandik. Bu avtobusda 55 yoʻlovchi va ikki haydovchi boʻlgan. Fojiada faqat 5 kishi tirik qolgan.

Fikr bildirish

Latest from Blog