Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati Toshkent shahar boshqarmasi Bektemir tuman bo‘limi sanitariya-gigiyenasi bo‘linmasi mutaxassislari va ishchi guruh tomonidan tumandagi “Qo‘yliq” AJ dehqon bozorida belgilangan tartibda sanitariya nazorati o‘tkazildi.
Bozorning VSEL xodimlari bilan olib borilgan tadbir natijasida sifati buzilgan 188 kilogramm go‘sht va go‘sht mahsulotlari savdosi aniqlandi. Iste’molga yaroqsiz deb topilgan mahsulotlar savdosi bekor qilinib, o‘rnatilgan tartibda bartaraf etildi.
Go‘sht mahsulotlari Toshkent shahar IIBning kinologiya bo‘limiga topshirildi.
Yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar yuzasidan bozor ma’muriyati, javobgar shaxslar va fuqarolarga ovqatdan zaharlanish va uni oldini olish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi. Profilaktik suhbat o‘tkazilib, VSEL xodimlari tomonidan fuqaroga nisbatan tegishli chora ko‘rildi.