/

Qo‘shma Shtatlar o‘z fuqarolarini Belarusni tark etishga chaqirdi

AQSHning Minskdagi elchixonasi dushanba kuni o‘z fuqarolarini Yevropa Ittifoqi bilan chegaradagi punktlari yopilishi munosabati bilan Belarusni tark etishga chaqirdi.

«Belarusdagi AQSH fuqarolari zudlik bilan mamlakatni tark etishlari kerak. AQSH fuqarolariga Belarusdan Polshaga quruqlik orqali kirishga ruxsat berilmaydi. Rossiya yoki Ukrainaga borish tavsiya etilmaydi», – deyiladi diplomatik vakolatxona veb-sayti.

AQSH elchixonasi Belorussiyaga kirmaslikni maslahat berib, ushbu mamlakatda yashayotgan yoki sayohat qilayotgan AQSH fuqarolariga yordam berish imkoniyati cheklangani haqida ogohlantirdi.

Elchixona yaqinda Litva tomonidan Belarus bilan chegaradagi ikkita nazorat-o‘tkazish punktini yopib qo‘yganini eslatib o‘tdi.

Fikr bildirish

Latest from Blog