/

Qo‘shma Shtatlar Armaniston va Ozarbayjonga mojaroni tinch yo‘l bilan hal qilishda yordam berishga tayyor

Foto: DELFI

AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan bilan suhbatda Qo‘shma Shtatlar Yerevan va Boku o‘rtasidagi mojaroni hal qilishga yordam berishga tayyorligini maʼlum qildi.

“Davlat kotibi biz Armaniston va Ozarbayjonga kelishmovchiliklarni tinch yo‘l bilan hal qilishda yordam berishga sodiqligimizni tasdiqladi”, — deyiladi Davlat departamenti bayonotida.

Uning taʼkidlashicha, “diplomatiya oldinga yagona yo‘ldir”.

Blinken buni shaxsan o‘zi davom ettirishini qo‘shimcha qildi.

Yerevan 13-sentyabrga o‘tar kechasi Armaniston-Ozarbayjon chegarasining bir qator hududlarida Ozarbayjon armiyasi bilan olib borilgan janglar va Ozarbayjon tomonining Armaniston hududiga chuqur kirib borishga urinishlari haqida xabar berdi.

Boku “Armaniston qurolli kuchlarining Ozarbayjon-Armaniston chegarasi hududlarida keng ko‘lamli provokatsiyalari”, shuningdek, Ozarbayjon hududi va suverenitetiga harbiy tahdidlarning oldini olish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlarni eʼlon qildi.

Ozarbayjon Mudofaa vazirligi payshanba kuni 12—14-sentyabr kunlari ikki davlat chegarasida arman armiyasi bilan bo‘lgan janglarda halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar ro‘yxatini eʼlon qildi – unda 71 kishi qayd etilgan.

14-sentyabr kuni Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan Ozarbayjon qurolli kuchlari bilan 13-sentyabrda boshlangan janglar natijasida Armaniston qurolli kuchlarining 105 nafar harbiy xizmatchisi halok bo‘lganini maʼlum qildi.

Armaniston Xavfsizlik kengashi kotibi Armen Grigoryan 14-sentyabr kuni soat 20:00dan boshlab Armaniston va Ozarbayjon sulh bo‘yicha kelishuvga erishganini maʼlum qildi.

Fikr bildirish

Latest from Blog