Qoraqalpog‘istondagi voqealar bo‘yicha ishonch telefoni ishga tushirildi

Foro: Eurasianet

Qoraqalpog‘istondagi fojiali voqealarni tekshirish bo‘yicha parlament komissiyasi ishonch telefonini ishga tushirdi. Fuqarolar iyul oyining ilk kunlarida nimalar sodir bo‘lgani haqida 1374 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilib xabar berishlari mumkin.

1 va 2-iyul voqealarini mustaqil tekshirish bo‘yicha parlament komissiyasi tashabbusi bilan Qoraqalpog‘istonda 1374 qisqa raqamli ishonch telefoni ishga tushirildi, deb xabar bermoqda ombudsman ofisi matbuot xizmati.

Ombudsman Feruza Eshmatova boshchiligidagi komissiya 15-iyul kuni Senat va Qonunchilik palatasining qo‘shma qarori bilan tashkil etilib, 16-iyul kuni Qoraqalpog‘istonda ish boshladi.

Mazkur raqamdan foydalanib, fuqarolar Qoraqalpog‘istondagi vaziyat hamda rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 20 ga yaqin kishi halok bo‘lgan va 250 ga yaqin kishi yaralangan o‘sha kunlarda nima sodir bo‘lgani haqida xabar berishlari mumkin. Avvalroq 500 dan ortiq kishi hibsga olingan, ularning aksariyati ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi bayonnomalar tuzilgach ozod qilingani ma’lum qilingandi.

Bosh prokuratura O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 159-moddasi 4-qismi (Hokimiyatni bosib olish yoki konstitutsiyaviy tuzumni ag‘darib tashlash maqsadida fitna uyushtirish) hamda boshqa (qaysilari ekanligi aniqlashtirilmagan) moddalar bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov doirasida 14 nafar shaxsning hibsga olinganini ma’lum qilgandi.

Fikr bildirish

Latest from Blog