/

Qoraqalpog’istonda “Yoshlar oyligi” start oldi

30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan “Yangi Oʻzbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida “Yoshlar oyligi” oʻtkazilmoqda.

Mazkur oylik munosabati bilan Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi hamda “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati aʼzolari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus shahriga keldi.

Moʻynoq tumanida tadbirlar “Maʼrifat soati” bilan start oldi. Unda bir guruh ziyolar, olimlar va shoiralar, taniqli sanʼatkorlar ishtirok etdi.

2

Navbatdagi manzil “Future Muynak” boʻldi. Ushbu markaz “Book cafe” hamda “IT-center”ni oʻz ichiga olgan. Targʻibotchilar “Book cafe”da yoshlar bilan shaxmat oʻynashdi.

“Bugungi kunda “Jamiyat – islohotlar tashabbuskori!” degan yangi gʻoya hayotimizga tobora singib bormoqda. Negaki, islohotlar mohiyatida, eng avvalo, xalqimiz uchun farovon va munosib turmush sharoitini yaratib berish masalasi turibdi.

Bugungi oʻzgarishlarni har bir vatandoshimizga hayotiy timsollar, qiyosiy dalillar asosida Oʻzbekistondagi yangi davr ruhidan kelib chiqib yetkazish eng dolzarb masaladir”, dedi Falsafa fanlari boʻyicha falsafa doktori Shaxlo Axrorova.

3

Shundan soʻng mehmonlar “Orol boʻyi” muzeyida boʻldi. Ushbu muzey 1980-yillarda doktor Eserkepov tomonidan yigʻilgan shahar oʻlkashunoslik muzeyi hisoblanadi. Koʻrgazmada Orol dengizi sohilida yashovchi aholi milliy-maʼnaviy madaniyati, oʻsimlik va hayvonot dunyosi, tarixiga oid fotosuratlarni koʻrish mumkin. Undan joy olgan rasmlar Amudaryo va Orol dengizi mavzulariga bagʻishlangan.

4

Soʻnggi manzil “Oq kema” bolalar lageri boʻldi. Unda ham targʻibotchilar oʻz chiqishlari bilan ishtirok etishdi.

Fikr bildirish

Latest from Blog