Qoraqalpog‘istonda aholi salomatligini muhofaza qilish yanada kuchaytiriladi

Foro: Eurasianet

Prezidentning “Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2022–2024-yillarda aholi salomatligini muhofaza qilishni yanada kuchaytirish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi, deb xabar bermoqda Telegram’dagi “Nigoh” kanali.

Hujjatga ko‘ra, quyidagilar tashkil etiladi:

  • surunkali kasalligi va nogironligi mavjud bo‘lgan bolalar uchun 120 o‘rinli Bolalar tibbiy reabilitatsiya markazi;
  • 80 o‘rinli Bolalar ftiziatriya sanatoriysi;
  • Nukus shahar tibbiyot birlashmasi tarkibida 20 o‘rinli xirurgiya bo‘limi;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining xirurgiya bo‘limi negizida akademik V. Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Nukus filiali;
  • Nukus shahar tibbiyot birlashmasi tarkibida mavjud o‘rinlar doirasida umidsiz og‘ir bemorlar uchun 20 o‘rinli palliativ yordam ko‘rsatadigan bo‘lim (xospis).

Shuningdek, sog‘liqni saqlash vazirining Orolbo‘yi mintaqasida tibbiy xizmat bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi joriy etildi.

2022-yil 1-iyuldan leprozoriylarda ishlaydigan barcha xodimlarning lavozim maoshiga 50 foiz miqdorida ustama belgilanadi.

Avvalroq prezident qarori bilan Nukus texnoparki maxsus sanoat zonasi tashkil etilgani haqida xabar berilgan edi.

Fikr bildirish

Latest from Blog