Qoraqalpog‘istondagi YTHda to‘rt kishi, jumladan vazir o‘rinbosari halok bo‘ldi

27-dekabr kuni taxminan 8:00 da «Nukus-Denov-Buxoro» avtomobil yo‘lining Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xo‘jayli tumani hududidan o‘tgan 810-kilometrida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lishi natijasida to‘rt kishi hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda tuman IIBga tayanib «Gazeta.uz» xabar qildi.

Foto: Google Images

Nexia-3 avtomobili sirpanchiq yo‘lda beton to‘siqqa borib urilgan, so‘ngra mashinadagi gaz balloni portlab ketgan.

Avtomobilda to‘rt kishi — haydovchi, Qoraqalpog‘iston uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri o‘rinbosari, «Tuyamo‘yin-Nukus» hududlararo suv quvuridan foydalanish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari va Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi yetakchi mutaxassisi bo‘lgan.

«Avtomobildagi barcha halok bo‘ldi», — dedi tuman IIB vakili.

Fikr bildirish

Latest from Blog